Hokim Umrzoqov Shavkat Boʻronovich 1979 yil Toshkentda tugʻilgan. Mutaxassisligi huquqshunos. Toshkent shahar hokimi etib rasman 2024 yil aprelda tasdiqlangan. 2013 yil “Sodiq xizmatlari uchun” medali va 2020 yil “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
U 2018 yilning iyun oyidan to shahar hokimligiga qadar “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan.
2022 yildan 2023 yilgacha Gimnastika federatsiyasi prezidenti boʻlgan.
Bundan tashqari, Shavkat Umrzoqov 2013-2018 yillarda Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish departamentiga, 2011yil iyun oyidan 2013 yil sentabriga qadar esa Toshkent viloyati prokuraturasining iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga qarshi kurashish departamentiga rahbarlik qilgan.
Hokim oʻrinbosarlari
Rahmonov Baxtiyor Sultonovich – hokimning qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari 1959 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Kiyev muhandislik-qurilish institutini, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Xaydarov Baxtiyor Xalimovich – hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari 1989 yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. Toshkent moliya institutining bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan.
Isroilov Abdulaziz Abdusattorovich – hokim oʻrinbosari – shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi.
Rahmonov Sharof Diyorovich – hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoat, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1983 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
Rahimova Durdona Shukrullayevna – hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari1989 yilda tugʻilgan. Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan.
Sultonova Shahnoza Abduvaxitovna – hokim oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi 1982 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Xen Aleksey Fedorovich – hokimning axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha oʻrinbosari – Raqamli rivojlanish departamenti rahbari 1983 yilda Xorazm viloyatida tugʻilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Xomitjonov Abdulvosid Axmatjonovich – hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari.
Qashqadaryo viloyati hokimligi
Surxondaryo viloyati hokimligi
Vazirliklar rahbariyati bilan bu yerda tanishish mumkin.