Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyatini taniysizmi?
Asosan onalar va bolalar salomatligiga javobgar sifatida koʻriladigan eng muhim tuzilmani kimlar boshqaradi?

Sogʻliqni saqlash vazirligi – sogʻliqni saqlash boʻyicha markaziy davlat boshqaruv organi hisoblanadi. 2024 yilga qadar vazirlik rahbari 9 marta almashgan.
- 1991-1998 – Shavkat Karimov;
- 1998-2009 – Feruz Nazirov;
- 2009-2012 – Adham Ikromov;
- 2012-2016 – Anvar Alimov;
- 2016-2017 – Adham Ikromov;
- 2017-2020 – Alisher Shodmonov;
- 2020-2021 – Abduhakim Hojiboyev;
- 2021-2022 – Behzod Musayev;
- 2022-2024 – Amrillo Inoyatov;
- 2024 yildan Asilbek Xudoyorov vazir vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Vazir Xudayarov Asilbek Anvarovich – oʻzbek shifokori va davlat arbobi. U bunga qadar sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Prezident administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi rahbari, shuningdek, fan va texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha hukumat komissiyasi aʼzosi ham boʻlgan. U 2015 yilning avgust oyida "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi boʻlgan.
Birinchi oʻrinbosar Sultanov Davron Taxirovich 2024 yilning yanvar oyidan buyon ushbu lavozimda. Bundan avval u Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti sogʻliqni saqlashni rivojlantirish shuʼbasi mudiri sifatida faoliyat yuritar edi.
Oʻrinbosar Basitxonova Elmira Irkinovna – 1958 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1981 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini "davolash ishi" yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Unvoni – tibbiyot fanlari doktori, professor. U 2020 yilning iyul oyida Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosarligiga qaytgan. 1998 yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi, 2014 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. Oilali, 4 nafar farzandi bor.
Qiziq maʼlumot
* 2021 yilda ijtimoiy tarmoqlarda Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi Marat Sodiqovning Sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyevga yozgan xati tarqalgan. Unda boshqarma boshligʻi oʻsha yilning 17 may kuni Toshkent viloyatidagi koʻp tarmoqli poliklinikada tugʻuruqning ertasi kuni 1998 yilda tugʻilgan ayol vafot etganini maʼlum qilgan. Tashxis sifatida oʻtkir yurak-tomir yetishmovchiligi, oʻtkir buyrak-jigar yetishmovchiligi, DVS sindrom gipokoagulyatsiya bosqichi, oshqozon-ichakdan qon ketishi koʻrsatilgan. Shuningdek, murda ekspertiza tekshiruviga yuborilgan. OAVdan biri xat bilan bogʻliq shov-shuvli holat sabab yuzaga kelgan vaziyat boʻyicha Elmira Bositxonova bilan bogʻlangan. Unda vazir oʻrinbosari oʻlim sababi nomaʼlumligini taʼkidlab, "Bu yerda kimdir menga alohida munosabati boʻlgani uchun bu ishlarni boshlaganga oʻxshaydi. Buni ortida kim turganidan xabarim yoʻq. Agar xatdagi yozigʻimda qandaydir gumonim boʻlganida notoʻgʻri ish qilib qoʻydim, deb bezovta boʻlardim" deb munosabat bildirgan.
* 2023 yilning sentabr oyida Namangan viloyatining Chust tumanida bolalarning ommaviy zaharlanishi sodir boʻlgan. Ota-onalar esa farzandlariga yod berilgani haqida maʼlum qilishgan. Shuning uchun xalq orasida bolalarning doridan zaharlangani haqida xulosalar paydo boʻlgan. Ammo Elmira Basitxonova Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida tashkil etilgan matbuot anjumanida bolalarda kuzatilgan noxush holat dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas, mavsumiy kasallik boʻlishi mumkinligini aytgan edi.
* Qolaversa, Elmira Bositxonova 65 nafar goʻdakning oʻlimiga sabab boʻlgan"Dok-1 Maks" ishi boʻyicha ham asosiy aybdor ekani aytiladi. Lekin keyinchalik "Dok-1 Maks" boʻyicha sudda bolalar doridan vafot etayotganini bilmagandim, deya guvohlik berib, vafot etgan bolalarning ota-onalaridan uzr soʻragan.
Oʻrinbosar Omonov Olim Murodullayevich – 1979 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. Toshkent elektrotexnika aloqa institutida taʼlimning bakalavr bosqichini, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida esa magistratura bosqichini tamomlagan. 2023 yildan buyon Sogʻliqni saqlash vazirining IT-texnologiyalarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Oʻrinbosar Tashpulatov Farxodjon Muxammadjonovich – 1983 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. 2023 yildan buyon Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari.
Oʻrinbosar Sharipov Farrux Raximovich – 1969 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1993 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2023 yildan buyon – Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari.
Matbuot kotibi Sanayev Furkat Choriyevich – Sogʻliqni saqlash vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi. U bu lavozimga 2019 yilning oktabr oyida tayinlangan va shu vaqtdan buyon ishlab kelmoqda.
Odinaxon Dehqonova tayyorladi.
Kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi