Navoiyda zoʻravonlik bilan odamlardan pul undirgan toʻda qoʻlga olindi
Viloyatda ham "tozalash" ishlari boshlandi.

Navoiy viloyatida “Mexrik” laqabi bilan tanilgan, 1991 yilda tugʻilgan, Allayorov M. M., 1995 yilda tugʻilgan Turayev U. Sh. va ularning 8 nafar jinoiy sheriklari qoʻlga olindi.
Ular atrofiga sportchi va jismonan baquvvat yigitlarni toʻplab, zoʻravonlik, bezorilik, firibgarlik va pul mablagʻlarini qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritish bilan shugʻullangan.
Bu haqda Navoiy viloyati IIB maʼlumot berdi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan hamda qamoqqa olinib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
“Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlari davom etadi.
Avvalroq Toshkentda "Salimboy" nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev, “Sayidaziz medgorodok”, “Baxti Tashkentskiy” va uning Fargʻonadagi sherigi, Toshkentda yana 10 kishi va zoʻravonlikda ayblanib B.B.A. (1985 y.t.) qoʻlga olingan edi. Shuningdek, "tozalash" ishlari Samarqand, Fargʻona, Toshkent viloyati, Andijon va Namanganda va Buxoro,Jizzax viloyatlarida ham boshlab yuborilgan.