platina.uz

Qoraqalpogʻiston Respublikasi rahbariyati

Parlament boshqaruv shaklidagi Qoraqalpogʻiston oʻz Konstitutsiyasi, bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega.

Jamiyat
12-fevral, 19:15

Qoraqalpogʻiston hududi kattaligi jihatdan Oʻzbekiston viloyatlari oʻrtasida birinchi oʻrinda turadi. Qoraqalpogʻiston Oʻzbekiston tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan suveren respublikadir. U oʻz Konstitutsiyasi, bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Qoraqalpogʻistonning Konstitutsiyasi va qonunlari Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va shu asosda amal qiladi.

Respublikada umumiy rahbarlik Joʻqorgʻi Kenges raisi – Qoraqalpogʻiston Respublikasi parlamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Joʻqorgʻi Kenges raisi – Orinbayev Amanbay Tleubayevich 1979 yil Kegeyli tumanida tugʻilgan. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.

Amanbay Orinbayev “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist”, “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan. U mehnat faoliyatini Kegeyli tumani qurilish-montaj boshqarmasi ishchisi sifatida boshlagan. Hozirgi vazifasiga tayinlanmasdan oldin bir muddat Qoraqalpogʻiston Ichki ishlar vaziri boʻlgan va 2022 yil 26 avgustda Joʻqorgʻi Kenges raisi etib tayinlangan.

  • Joʻqorgʻi Kenges raisi oʻrinbosari – Saparbayev Rustam Tursinbayevich 1982 yil Qoʻngʻirot tumanida tugʻilgan. Qoraqalpoq davlat universiteti va Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tugatgan.
  • Ermanov Farxod Urazbayevich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi – 1958 yil Amudaryo tumanida tugʻilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti; Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
  • Moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosar – iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Erlepesov Nurullan Umirzakovich.
  • Qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari – Dauletiyarov Shuxrat Qidirbayevich.
  • Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari – investitsiya va savdo vaziri Jollibekov Vladimir Baxtiyarovich.
  • Qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosar – Teshayev Shuhrat Joʻraqulovich 1969 yil Buxoro viloyatida tugʻilgan. Toshkent davlat agrag universitetini tamomlagan.
  • Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosar – Oʻtemuratov Bayram Perdebayevich 1977 yilda Qoraoʻzak tumanida tugʻilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini tugatgan.
  • Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosar – Nurazizov Radjapbay Kupalbekovich. Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi. “Jasorat” medali sohibi.
  • Turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosar – Turizm va madaniy meros vaziri Zarikeyev Rasul Polatovich.
  • Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Axmedova Maryam Xalilayevna Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlab, 21 yil davomida oʻqituvchilik sohasida faoliyat olib borgan.

Fargʻona viloyati hokimligi


Andijon viloyati hokimligi


Namangan viloyati hokimligi


Toshkent viloyati hokimligi


Sirdaryo viloyati hokimligi


Jizzax viloyati hokimligi


Samarqand viloyati hokimligi


Qashqadaryo viloyati hokimligi


Surxondaryo viloyati hokimligi


Navoiy viloyati hokimligi


Buxoro viloyati hokimligi


Xorazm viloyati hokimligi


Vazirliklar rahbariyati bilan bu yerda tanishish mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+