platina.uz

Xorazm viloyati hokimligi rahbariyati

Hozirgi hokimi jurnalistni qamatgani, eskisi esa aholini norozi qilgani bilan tilga tushgan viloyatni kimlar boshqaryapti?

Jamiyat
25-yanvar, 15:02

Hokim Joʻrabek 1981 yilda Xorazm viloyati Shovot tumanida tugʻilgan. U bungacha Qoʻshkoʻpir tumani va Bogʻot tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan. 2022 yil dekabr oyida Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan hamda 2023 yilning mart oyida rasman hokim boʻlgan.

Hokim oʻrinbosarlari

Achilov Murodjon Azamatovich – hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi 1980 yilda Urganchda tugʻilgan. Urganch davlat universitetini, Oʻzbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Masharipov Oʻktam Rustamovich – hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1959 yil Yangiariq tumanida tugʻilgan. Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan.

Davletov Anvar Kenjayevich – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi 1985 yil Qoʻshkoʻpir tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.

Saidov Botir Ozodovich – hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi 1975 yil Bogʻot tumanida tugʻilgan. Urganch davlat universiteti, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Salayev Sanʼatbek Kamilovich – hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari 1973 yil Xivada tugʻilgan. Urganch davlat unversiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Umurzakov Maxmudjon Raximovich – hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari 1980 yil Fargʻona viloyati Beshariq tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.

Bekchanov Siroj Bozor oʻgʻli – hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1990 yil Xonqa tumanida tugʻilgan. Urganch davlat universitetini tamomlagan.

Kutlimuratova Nigora Masharipovna – hokim oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi. U 1970 yilda Hazorasp tumanida tugʻilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan.

Boshqa tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.


Fargʻona viloyati hokimligi


Andijon viloyati hokimligi


Namangan viloyati hokimligi


Toshkent viloyati hokimligi


Sirdaryo viloyati hokimligi


Jizzax viloyati hokimligi


Samarqand viloyati hokimligi


Qashqadaryo viloyati hokimligi


Surxondaryo viloyati hokimligi


Navoiy viloyati hokimligi


Buxoro viloyati hokimligi


Vazirliklar rahbariyati bilan bu yerda tanishish mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+