Buxoro viloyati hokimligi rahbariyati
Bank sohasida tajriba orttirgan Botir Zaripov viloyatni kimlar bilan birga boshqaryapti?
Joriy yil 7 noyabrda prezident tomonidan nomzodi taqdim etilgan Botir Zaripov Xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashi qarori bilan viloyat hokimligiga tasdiqlandi.
Hokim Botir Zaripov 1969 yilda Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. Bank sohasida turli lavozimlarda ishlagan. 2016-2020 yillarda respublika qurilish materiallari sanoatini boshqargan.
Bundan tashqari, Markaziy bankda turli lavozimlarda mehnat qilgan. "Agrobank" ATB boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari ham boʻlgan.
2020 yil avgust oyi oxirlarida Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov 66 yoshida vafot etgan edi. Va shu yili 7 noyabrda Botir Zaripov uning oʻrniga tayinlangan.
2021 yil fevralda Botir Zaripov Oliy Majlis Senati aʼzosi etib saylangan.
Qolgan tafsilotlar bilan videoda tanishish mumkin.
Hokim oʻrinbosarlari
Ahmedov Botir Ilhomovich – hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari 1982 yil 12 iyunda Vobkent tumanida tugʻilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (magistratura)ni tugatgan.
Shaxriyorov Botir Zavqiddinovich – hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1971 yilda Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasi, Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan.
Arashov Jalol Samandarovich – hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1988 yil 6 oktabrda Qorakoʻl tumanida tugʻilgan. Toshkent arxitektura va qurilish institutini tugatgan.
Adilov Baxtiyor Alisherovich – hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari 1986 yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. Buxoro davlat universitetini bitirgan.
Nazarov Amrillo Ibragimovich – hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1966 yil Romitan tumanida tugʻilgan. Andijon paxtachilik institutini tugatgan. Buxoro viloyati Peshku tumani hokimi boʻlgan.
Asadov Rizo Raupovich – hokim oʻrinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi 1979 yil Buxoro shahrida tugʻilgan. Toshkent moliya instituti, Gʻarbiy Angliya universitetini tugatgan.
Majidov Erkin Aʼzamovich – hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari 1977 yil Buxoro tumanida tugʻilgan.
Artikova Hafiza Toʻymurodovna – hokim oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi 1976 yilda Buxoro tumanida tugʻilgan. 1997yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Biologiya fanlari doktori, professor.
Qashqadaryo viloyati hokimligi
Surxondaryo viloyati hokimligi
Vazirliklar rahbariyati bilan bu yerda tanishish mumkin.