Mudofaa vazirligi rahbariyatini taniysizmi?
Qurolli kuchlarimizning qudrati, chegaralarimiz yaxlitligini taʼminlovchi tuzilmani kimlar boshqarmoqda?

Mudofaa vazirligi prezidentning 1991 yil 6 sentabrdagi farmoniga asosan tashkil etilgan. 1991 yil 10 sentabrdagi farmonga binoan Mudofaa vaziri bir vaqtda Milliy gvardiya qoʻmondoni etib ham tayinlangan. Vazirlikda 2019 yilga qadar 7 ta vazir faoliyat yuritgan. 2019 yil fevralidan buyon Bahodir Qurbonov vazir.
Vazir Bahodir Nizomovich Qurbonov 1969 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan. 2017 yil 14 yanvarda unga general-mayor, 2021 yil 14 yanvarda general-leytenant unvoni berilgan.
Mehnat faoliyati
- 1987-1989 – harbiy xizmat oʻtagan;
- 1990 yilda IIV Oliy tergov maktabi oʻquvchisi;
- 1992 yilda IIV Oliy maktabi oʻquvchisi;
- 1994-1996 – Jizzax IIO tergov boʻlimida tergovchi (soʻngra katta tergovchi);
- 1996-yilda Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimining noqonuniy valyuta operatsiyalariga qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimi;
- 1997-1998 – Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 1-boʻlimi tezkor xodimi;
- 1998 yilda Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 2-boʻlimi katta tergovchisi;
- 1999 yilda Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 3-boʻlimi katta tergovchi (keyinroq boshliq oʻrinbosari);
- 2001 yilda Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 2-boʻlim boshligʻi oʻrinbosari;
- 2002-2005 – Jizzax tumani IIB boshligʻi;
- 2005-2008 – Gʻallaorol tumani IIB boshligʻi;
- 2008-2013 – Ichki ishlar vazirligi patrul xizmati bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Namangan viloyati IIB boshligʻi;
- 2013-2015 – Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari;
- 2015 yilda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi;
- 2018-2019 – Toshkent harbiy okrugi qoʻmondoni;
- 2019 yil 11 fevralidan mudofaa vaziri;
- 2020 yil 15 avgustdan Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi.
Birinchi oʻrinbosar Xalmuxamedov Shuhrat Gʻayratjonovich bir vaqtning oʻzida Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshligʻi ham hisoblanadi. Unvoni general-mayor. 2021 yil 23 martda ushbu lavozimga tayinlangan. 2016 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosar Karshiyev Hamdam Aliqulovich 1970 yil 29 sentabr Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tugʻilgan. 1997 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2021 yilda Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Qurollanish va qurollantirish boʻyicha oʻrinbosar Norboyev Alisher Toʻxtayevich 1979 yil 1 iyulda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 2000 yil Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtini, 2009 yil Qurolli Kuchlar akademiyasini, 2018 yilda Mixaylovsk artilleriya akademiyasining (Rossiya) malaka oshirish kursini bitirgan.
Jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosar Tursunov Kadirjon Abdipattayevich. Unvoni – polkovnik.
Moddiy-texnik taʼminot boʻyicha oʻrinbosar Bozorboyev Zoirjon Gulimmatovich 1974 yil 19 sentabrda Xorazm viloyati Gurlan tumanida tugʻilgan. 1995 yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini, 2011 yilda Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan.
Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi Yuldashev Otabek Alimovich bu lavozimda 2022 yilning fevral oyidan buyon faoliyat yurtib keladi. Unvoni – polkovnik.
Odinaxon Dehqonova tayyorladi.
Kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi