platina.uz
Jamiyat

Tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan davlat xizmatchilari aniqlandi

Qurilish, Suv hamda Qishloq xoʻjaligi vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari oʻrganilganda 398 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik subʼektlarida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi maʼlum boʻlgan.   

Tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan davlat xizmatchilari aniqlandi

Korrupsiya agentligi avlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi holatlariga chek qoʻydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish holatlari yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Suv xoʻjaligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari oʻrganilganda ularda faoliyat yuritayotgan 398 nafar boshqaruv xodimi 449 ta tadbirkorlik subʼektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

Jumladan, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 93 nafar boshqaruv xodimi 112 ta tadbirkorlik subʼektida, Suv xoʻjaligi vazirligining 26 nafar boshqaruv xodimi 35 ta tadbirkorlik subʼektida hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining 279 nafar boshqaruv xodimi 302 ta tadbirkorlik subʼektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.

Yuqoridagi holatlarini bartaraf etish boʻyicha mazkur vazirliklarga Agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga chek qoʻyildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid