platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada 50 ming dollarga yer sotgan korxona rahbari ushlandi

U kadastr hujjatlarini fuqaro nomiga rasmiylashtirish uchun yana 3 ming dollar soʻragan. 

Fargʻonada 50 ming dollarga yer sotgan korxona rahbari ushlandi

Fargʻona viloyatida tadbirkorga shifoxona hududidan dorixona qurish uchun yer maydoni ajratib berishi evaziga 50 000 AQSh dollarini qoʻlga kiritgan shaxs ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi hamda IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqaro B.S. “B.F.” xususiy korxonasi rahbari S.N.ning ishonchiga kirib, tadbirkorga Bagʻdod tumani Guliston massivida yangi qurilayotgan markaziy shifoxona hududidan dorixona qurish uchun yer maydoni ajratib berishi evaziga 50 000 AQSh dollarini qoʻlga kiritgan.

U goʻyoki yer maydonining kadastr hujjatlari tayyor boʻlganligini, uning nomiga rasmiylashtirish uchun yana 3 000 AQSh dollari kerakligini aytib, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq Namangan shahar hokimi qamoqqa olingani xabar berilgandi.

U eskirgan turar-joy binolari oʻrniga koʻp qavatli uy barpo etish huquqini olib berish va moliyalashtirish evaziga 60 ming dollar talab qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid