Transport vazirligi rahbariyatini taniysizmi?
Eng yosh vazirliklardan biri hisoblanmish ushbu tizimni kimlar boshqarishi haqida maʼlumot beramiz.
Transport vazirligi 2019 yil 1 fevralda Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi negizida tashkil etilgan. Tashkil etilganiga endigina 5 yil toʻlgan vazirlikni 2020 yilga qadar Ochilboy Ramatov boshqarga. 2020 yil 30 sentabridan amaldagi vazir Ilhom Mahkamov tayilangan.
Vazir Maxkamov Ilxom Rustamovich 1979 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy, Toshkent avtomobil-yoʻllari institutining bakalavriat yoʻnalishini iqtisodchi-muhandis mutaxassisligi boʻyicha va magistraturasini marketing yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Mehnat faoliyati
- Toshkent shahri hokimligi Binolardan foydalanish departamenti hisobga olish boʻlimi bosh mutaxassisi;
- Toshkent shahri hokimligi Binolardan foydalanish departamenti hisobga olish boʻlimi boshligʻi;
- “Suvsoz” DUK qator lavozimlarida ishlagan;
- Toshkent shahri Hududiy kommunal foydalanish birlashmasi bosh direktori;
- “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori;
- Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri;
- 2019-2020 yillarda Transport vazirining birinchi oʻrinbosari;
- 2020-2021 yillarda Transport vaziri vazifasini bajaruvchisi;
- 2021-2023 yillarda Uzbekistan Airways kompaniyasi boshqaruvi raisi;
- 2021 yildan Transport vaziri;
- 2023 yildan Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi raisi.
Qiziq maʼlumot
Vazir Ilhom Mahkamovga joriy yilning ilk oyidayoq prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ikki marta hayfsan eʼlon qilingan. Gap shundaki, joriy yil yanvar oyida prezident raisligida qator yigʻilishlar boʻlib oʻtgan. Unda transport vazirligiga qancha sharoitlar yaratib berilmasin, bu kompleks xalqimiz eng koʻp norozi murojaat qiladigan sohalardan biri boʻlib qolayotgani tanqid qilingan va bu soʻnggi ogohlantirish ekani aytilgan.
Oʻzbekistonda 2024 yilning mart oyidan boshlab, har oyning toʻrtinchi chorshanbasida oʻtkazilayotgan "Avtomobilsiz kun" aksiyasida transport vaziri Ilhom Mahkamov ham faol qatnashyapti. U avvaliga yayov, soʻng jamoat transportida ishga kelgan. Shuningdek, oʻsha kuni uning barcha oʻrinbosarlari ishga borish uchun avtobusni maʼqul koʻrgan.
Birinchi oʻrinbosar Omarov Mamanbiy Allabergenovich 2023 yil 12 sentabrda mazkur lavozimga tayinlangan. Bunga qadar 2022 yil oxiridan beri Qoraqalpogʻiston transport vaziri sifatida faoliyat yuritgan. Qayd etish joiz, joriy yilning yanvar oyidagi prezident raisligidagi yigʻilishda transport sohasidagi kamchiliklar uchun hayfsan olgan rahbarlar ichida Mamanbiy Omarov ham bor edi.
Oʻrinbosar Choriyev Jasurbek Ergashevich 1978 yil Surxondaryo viloyati Denov tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Boulder shahridagi Kolorado universiteti (AQSh) va Toshkent davlat aviatsiya institutini (magistratura) tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha operatsion va aviatsiya menejmenti mutaxassisligini egallagan. Transport vazirligidagi faoliyatini 2019 yilda Aeroportlarni rivojlantirish va yer usti taʼminoti boshqarmasi boʻlim boshligʻi va Havo transportini rivojlantirish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchisi lavozimidan boshlagan.
Oʻrinbosar Abdugafarov Ilxomjon Abduxalilovich 1973 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1995 yilda Toshkent davlat universitetini, 2000 yilda Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti aspiranturasini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi, mutaxassisligi amaliy matematika.Transport vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlanguniga qadar Markaziy bank raisi oʻrinbosari ishlagan.
Xavfsizlik masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi Mirzayev Akmaljon Anvarbekovich.
Axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi Ashirmatov Navruz Omonovich.
Odinaxon Dehqonova tayyorladi.
Kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi