platina.uz

Ichki ishlar vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

Xodimlarini videotasvirga olib, internetga joylaganlarni jazolash tashabbusini ilgari surgan tizimni kimlar boshqaradi?

Jamiyat
25-aprel 2024 yil
Ichki ishlar vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

Ichki ishlar vazirligi 1991 yil 25 oktabrda Oʻzbekiston SSR IIV dan Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligiga aylantirilgan. Shu vaqtdan buyon to hozirgacha vazirlikda 20 dan ortiq vazir faoliyat yuritgan.

Ushbu vazirlik IIO xodimlarini tasvirga olib, ruxsatsiz ijtimoiy tarmoqlarga joylaganlarni javobgarlikka tortish haqidagi qonun loyihasi tashabbuskori hisoblanadi. Oʻsha paytda mazkur holat jamoatchilikning katta eʼtirozlariga sabab boʻlgan. Bu loyiha Oliy majlis deputatlari tomonidan maʼqullanib, Senatga yuborilgan. Hozircha Senat bu masalani kun tartibiga qoʻymayapti.

Vazir Bobojonov Poʻlat Razzaqovich 1961 yil 1 yanvarda Xorazm viloyati Bogʻot tumanida tugʻilgan. 2019 yil 12 sentabrda “general-leytenant” maxsus unvoni berilgan.

Mehnat faoliyati:

  • 1977-1982 – Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi;
  • 1982 yilda harbiy xizmat;
  • 1982-1983 – Gurlan tumani prokurori yordamchisi;
  • 1983-1985 – Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi prokurori;
  • 1985-1991— Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi boshligʻi;
  • 1991-1992 – Xorazm viloyati Gurlan tumani prokurori;
  • 1992-1996 – Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining birinchi oʻrinbosari;
  • 1996-1999 – Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari – nazorat inspeksiyasi boshligʻi;
  • 1999-2000 – prezident devonining tashkiliy-kadrlar siyosati masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmatining yetakchi konsultanti;
  • 2000-2005 – bosh prokuror oʻrinbosari;
  • 2005-2006 – Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi;
  • 2006-2011 – Jizzax viloyati prokurori;
  • 2011-yilda qisqa muddat Buxoro viloyati prokurori;
  • 2011-2012 – Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari;
  • 2012-2017 – Xorazm viloyati hokimi;
  • 2017-2018 – Oʻzbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti;
  • 2017 yildan – Ichki ishlar vaziri;
  • 2023 yil 18 fevraldan – Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi.

Qiziq maʼlumot

Poʻlat Bobojonov 2016 yildan keyin tayinlangan vazirlar orasida OAVdan “uzoq” vazir sifatida tanqid qilingan. Xususan, bu haqda VVC nashri ham, ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov Oʻzbekiston hukumatidagi matbuot va mahalliy jurnalistlar uchun eng yopiq boʻlgan amaldorlardan, deya qayd etgan. Shundan keyin, 2022 yil Ichki ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanlaridan birida jurnalistlar ichki ishlar vaziri nima uchun ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazmasligiga ham izoh soʻrashgan. Vazirning matbuot kotibi Shoxrux Gʻiyosov bu savolga: “Vazirimiz yilda ikki marta Senatda jamoatchilik oldida hisobot beradi. Bu narsa doimiy ravishda yoritib boriladi. Bundan tashqari, vazirimiz viloyatlarga borganida u yerdagi OAV vakillari savollariga javob beradi, ular ham taklif etiladi. Balki bizning aybimiz buni yoritib bera olmayotganimizdir”, deb javob bergan.

2022 yilda bloger va publitsist Shokir Sharipov Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonovning isteʼfosini talab qilib, Toshkent shahrida bir kishilik piket uyushtirgan. Bloger VVCga bergan intervyusida ichki ishlar tizimidan norozilik “shaxsiy sabablar tufayli emas, balki fuqarolik pozitsiyasi bilan bogʻliq ekanini aytib, Qoʻqondagi IIB muassasasida 15 yoshli bolaning oʻldirilishi bu yerga chiqishimda asosiy omil boʻldi”, degan. Vazirning matbuot kotibi esa Poʻlat Bobojonov jamoatchilik uning isteʼfosini talab qilayotganidan xabardor ekanini maʼlum qilgan. Anjumanda Gʻiyosov vazirning u odam bilan gaplashib, nima muammosi borligini aniqlashlari boʻyicha topshiriq berganini aytgan va vazirning oʻzi ham ijtimoiy tarmoqlarni doimiy ravishda kuzatib borishini qoʻshimcha qilgan. Xususan, 2019 yilda vazir Poʻlat Bobojonovning oʻzi ham internet tarmoqlarini munatazam kuzatib borishini bildirgan.

Birinchi rinbosar Rahmonov Shavkat Navruzovich bir vaqtning oʻzida Tezkor-qidiruv departamenti boshligʻi ham hisoblanadi. Unvoni polkovnik. Rahmonov bu lavozimga 2023 yilda tayinlangan. Bunga qadar Namangan va Samarqand viloyatlari Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Oʻrinbosar Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich bir vaqtning oʻzida Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi. Bu lavozimga qadar Milliy gvardiya qoʻmondonining jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Oʻrinbosar Nazarmuxamedov Davron Abitovich bir vaqtning oʻzida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi. 1975 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2019-2023 yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2015-2017 yillarda prezidentning kadrlar siyosati boʻyicha maslahatchisi boʻlgan. 2017 yil 14 yanvarda unga general-mayor unvoni berilgan.

Oʻrinbosar Ashropov Ramazon Axmatxoʻjayevich bir vaqtning oʻzida Tergov departamenti boshligʻi. Polkovnik Ramazon Ashrapov bu lavozimga qadar Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari – Tergov boshqarmasi boshligʻi lavozimida xizmat qilgan.

rinbosar Kurbanov Zufar Kamilevich bu lavozimga qadar “Oʻzbektelekom”da rahbar lavozimlarda ishlagani aytiladi. Ammo aynan qanday lavozimda ishlagani haqida ochiq manbalarda maʼlumot yoʻq.

Oʻrinbosar Nishanbayev Saidkarim Abduxokimovich bu lavozimga 2020 yilda tayinlangan. Tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2017-2018 yillarda Toshkent viloyat IIB boshligʻi lavozimida ham ishlagan.

Oʻrinbosar Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich bir vaqtning oʻzida Transport va turizm obʼektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti boshligʻi. Unvoni general-mayor. U ham 2021 yilda shu lavozimga tayinlangan.

Maslahatchi Almatov Zokirjon Almatovich 1949 yilda Toshkent viloyati Zangiota tumanida tugʻilgan. 2018 yilda ichki ishlar vazirining maxsus maslahatchisi etib tayinlangan.

Qiziq maʼlumot

Zokirjon Almatov Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi birinchi ichki ishlar vaziri boʻlgan. U bu lavozimda 2005 yil, toki sogʻligʻi yomonlashgunga qadar faoliyat olib borgan. 2006 yil boshida esa rasman ishdan boʻshatilgan.

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi Roʻziyev Xurshidbek Xasanovich.

Axborot xizmati rahbari vazir matbuot kotibi Gʻiyasov Shoxrux Kamalitdinovich ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996 yildan boshlab, shu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan. Yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega.

Odinaxon Dehqonova tayyorladi.


Kambagʻallikni qisqartirish vazirligi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi


Investitsiyalar vazirligi


Qurilish vazirligi


Oliy taʼlim vazirligi


Raqamli texnologiyalar vazirligi


Ekologiya vazirligi


Adliya vazirligi


Bosh prokuratura


Tashqi ishlar vazirligi


Iqtisodiyot va moliya vazirligi


Energetika vazirligi


Madaniyat vazirligi

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+