Navoiy viloyati hokimligi rahbariyati
Hudud jihatdan katta, ammo hokimlar eng kam almashgan viloyatni kimlar boshqarmoqda?
Hokim – Tursunov Normat Toʻlqinovich – 1972yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tugʻilgan. Toshkent toʻqimchalik va yengil sanoat institutini hamda Toshkent moliya institutini tugatgan. Mehnat faoliyatini Toshkent shahri Uchtepa tumani soliq inspeksiyasida boshlagan. Navoiy viloyati hokimligiga tayinlangunga qadar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Hozirgi va avvalga hokimlar – Tursunovlarga oid qiziq fakt va boshqa holatlarni yuqoridagi videoda koʻrish mumkin.
Hokim oʻrinbosarlari
Sulaymonov Rustam Davutovich – hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari 1982 yil Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi boʻyicha iqtisodchi.
Gʻafforov Elbek Istamovich – hokim oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi rahbari 1989 yil 16 mayda Xatirchi tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bakalavr bosqichini tamomlagan.
Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich – hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari 1987 yil Qiziltepa tumanida tugʻilgan. Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan.
Mardonov Elyor Irdonovich – hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari 1983yil Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tugʻilgan. Toshkent avtomobil va yoʻllar institutining bakalavr bosqichini, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabi magistratura boʻlimini tugatgan.
Kamolov Erkin Shamsiddinovich – hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1987 yil Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. Toshkent avtomobil va yoʻllar institutini tugatgan.
Hikmatov Sanyatillo Nusratovich – hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1967 yil Buxoro viloyati Romitan tumanida tugʻilgan. Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti hamda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
Mirzayev Sadulla Mirzayevich – hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – turizm boshqarmasi boshligʻi 1997 yil Nurota tumanida tugʻilgan. Samarqand davlat universiteti va Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Mamadiyarova Malika Tadjiyevna – hokim oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi 1984 yil Navoiy tumanida tugʻilgan. Navoiy davlat konchilik institutini, Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan.
Qashqadaryo viloyati hokimligi
Surxondaryo viloyati hokimligi
Vazirliklar rahbariyati bilan bu yerda tanishish mumkin.