platina.uz
Jamiyat

Eron havo hududining yopilishi samolyotlar parvoziga taʼsir qildi

Dushanbedan Dubayga uchayotgan samolyot Toshkentga qoʻndirilgan, Madina – Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha reys esa Dubayda toʻxtashga majbur boʻlgan. 

Eron havo hududining yopilishi samolyotlar parvoziga taʼsir qildi

Eron ustidagi havo hududining yopilishi munosabati bilan bir qancha aviakompaniyalar parvoz yoʻnalishlarini oʻzgartirdi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.

Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat sabab Jazeera airways aviakompaniyasining Toshkent – ​​Quvayt yoʻnalishi boʻyicha J9-1650 reysi soat 04:50da uchib Toshkent aeroportiga qaytdi – samolyot mahalliy vaqt bilan soat 07:06da joʻnash aeroportiga qoʻndi.

Shuningdek, Fly Dubai aviakompaniyasining Dushanbe – Dubay yoʻnalishi boʻyicha F3-778 reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻl olishga qaror qildi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 08:32 da Toshkentga kelib qoʻndi. Ekipajning dam olishi munosabati bilan Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan soat 21:00ga belgilangan. Yoʻlovchilar mehmonxonaga joylashtiriladi.

Fly Dubai aviakompaniyasining Toshkent – ​​Dubay yoʻnalishi boʻyicha reysi ham soat 04:58da havoga koʻtarilib, 06:58 da Ashxoboddagi muqobil aerodromga qoʻndi.

Centrum air aviakompaniyasining Jidda – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha reysi ham xuddi shu sabab bilan Ar-Riyoddagi muqobil aerodromga qoʻndi. Shuningdek, Madina – Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha reys ham Toshkent vaqti bilan soat 08:17 da Al-Maktum (Dubay) aeroportiga qoʻndi.

Ushbu reyslarning joʻnab ketishi haqidagi toʻliq maʼlumotlarni aviakompaniya vakillaridan olish mumkin.

Shuningdek, marshruti Eron havo hududi orqali amalga oshiriladigan bir qator reyslar Oʻzbekiston shaharlaridan kechikish bilan uchib ketdi.

Eslatib oʻtamiz, Isroil kuchlari 26 oktabrga oʻtar kechasi Eron hududiga zarbalar berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid