Madaniyat vazirligi rahbariyatini taniysizmi?
Ikki nafar birinchi oʻrinbosarga ega, soʻnggi paytlarda muhokamalar markazida turgan yana bir vazirlikni kimlar boshqaradi?
Madaniyat vazirligi 2021 yil alohida vazirlik sifatida ajralib chiqqan. Vazirlik avval Sport va turizm vazirligi tarkibidan ajratilib, Madaniyat va turizm nomi bilan tashkil etilgan. Soʻngra turizm sohasiga birga qoʻshilgan va 2023 yilda madaniyat vazirligi sifatida qayta tashkil etilgan.
Vazir Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich 1974 yil Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tugʻilgan. 2007 yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat institutini aktyorlik sanʼati (drama teatri va kino aktyori) mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati
- 2003-2007 – Oʻzbekiston davlat sanʼat instituti talabasi;
- 2004-2008 – Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli vokal xonandasi;
- 2008-2017 – Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmitasi qoshidagi Ashula va raqs ansambli xonandasi;
- 2017-2017 – Milliy teleradiokompaniya “Yoshlar” teleradiokanali AJ direktori, bosh prodyuseri;
- 2017-2020 – Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari;
- 2020 yildan Madaniyat vaziri, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti rektori.
Quyidagi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan:
- 2007 yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvoni;
- 2010 yil “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni;
- 2012 yil “Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni;
- 2014 yil “El-yurt hurmati” ordeni;
- 2021 yil “Turkmaniston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvoni.
Qiziq maʼlumot
2022 yilda jurnalist vazirdan Ukrainadagi vaziyatga pozisiyasini soʻraganda «Uyga kelsangiz, qulogʻingizga aytib beraman», deya javob berishi munozaralar markaziga chiqqan edi.
Bundan tashqari, joriy yilda vazirning 17 yoshli qizi xonanda Yorqinxoʻja Umarov bilan turmush qurgan.
Ochiq maʼlumotlarga koʻra, Ozodbek Nazarbekov OHANGARON MOʻʼJIZA BOGʻI MChJning 40 foiz ulushiga egalik qilgan. Platina.uz sayti bu borada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga soʻrov bilan murojaat qilgandi. Javobda aksiyadorlar roʻyxatida vazirning nomi yoʻq ekanini bildirgan, ammo vazirning nomi taʼsischilar roʻyxatida turgan edi.
Nazarbekovning 5 nafar farzandi (oʻgʻillari Jaʼfar, Umar; qizlari Robiya, Laylo, Zinnura) bor.
Birinchi oʻrinbosar Axmedov Bahodir Madjitovich 1973 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 1996 yilda Toshkent elektrotexnika va aloqa instituti, 2007 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Birinchi oʻrinbosar Tadjixanov Avazxon Baxadirovich 1978 yil Toshkentda tugʻilgan. 2010 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Oʻrinbosar Madjidov Murodjon Abdullayevich 1975 yil Toshkentda tugʻilgan. 1997 yilda Toshkent avtomobil va yoʻllar instituti, 2008 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Oʻrinbosar Usmonov Yusufjon Kamoliddinovich 1980 yil Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 2001 yilda Fargʻona politexnika institutini tugatgan.
Axborot xizmati rahbari Jamshid Niyozov 1985 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 2008 yili Milliy universitetning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Tafsilot.uz, Xabar.uz, Minbar.uz, Kun.uz saytlari Turon24 axborot agentligida ishlagan.
Maftuna Yodgorova tayyorladi.
Kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi