platina.uz
Jamiyat

Buxoroda jinoyat olamiga aloqador 38 kishi ushlandi

Avvalroq Toshkent viloyatidagi "tozalash" ishlari haqida xabar berilgandi. 

Buxoroda jinoyat olamiga aloqador 38 kishi ushlandi

Buxoro viloyatida ham "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari oʻtkazilmoqda. Jumladan, kriminogen vaziyatga taʼsir qiluvchi 38 nafar shaxslar maʼmuriy qamoqqa olindi.

IIB va uning hududiy organlari xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida sodir etilib fosh etilmasdan qolgan 22 ta jinoyatlar issiq izidan fosh etildi hamda qidiruvda boʻlgan 31 nafar shaxslar ushlandi.

Bundan tashqari tadbir davomida 1 ta odam oʻgʻirlash va bosqinchilik, 8 ta giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop dori vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash hamda 9 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlanib, mazkur jinoyatlarda gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JK. ning 137, 164, 168, 276, 251 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, mazkur shaxslarning 5 tasiga qamoqqa olish hamda 15 tasiga boshqa turdagi ehtiyot choralari qoʻllanildi.

Bundan tashqari, reyd tadbirlari davomida 98 nafar shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlar olib borilgan.

Avvalroq Toshkentda "Salimboy" nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev, “Sayidaziz medgorodok”, “Baxti Tashkentskiy” va uning Fargʻonadagi sherigi, Toshkentda yana 10 kishi va zoʻravonlikda ayblanib B.B.A. (1985 y.t.) qoʻlga olingan edi. Shuningdek, "tozalash" ishlari Samarqand, Fargʻona, Toshkent viloyati, Andijon va Namanganda ham boshlab yuborilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid