platina.uz
Jamiyat

Oliy taʼlim vazirining barcha oʻrinbosarlari ishdan olindi

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi va Innovatsion rivojlanish agentligi direktorlari ham lavozimidan ketdi.

Oliy taʼlim vazirining barcha oʻrinbosarlari ishdan olindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Daliyev Shaxrux Xojakbarovich, oʻrinbosarlari Maxkamov Otabek Muxtarovich va Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich ishdan olindi.

Bundan tashqari, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Adham Xudoyqulov va Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev ham lavozimidan ozod etilgan.

Vazir oʻrinbosarlari 2024 yil aprel oyida ushbu lavozimlarga tayinlangan edi. Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Adham Xudoyqulov esa shu yil may oyida ish boshlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid