platina.uz
Jamiyat

Xalqaro terroristik tashkilotga qoʻshilmoqchi boʻlgan shaxs 6 yilga qamaldi

U "Tavxid va jihod katibasi" terroristik tashkilotining instruktur va media targʻibotchisi taʼsiriga tushgan. 

Xalqaro terroristik tashkilotga qoʻshilmoqchi boʻlgan shaxs 6 yilga qamaldi

Xalqaro terroristik tashkilot safiga qoʻshilishga hayrihox boʻlgan fuqaro qamaldi.

Qoʻqon shahrida yashovchi shaxs 2021 yilda “Telegram” messenjerida kanal yaratib, unga aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni joylab, kanalning 9 nafar obunachisiga tarqatadi. Bundan tashqari u “Instagram” ijtimoiy tarmogʻida xozirgi kunda Suriya davlatida faoliyat olib borayotgan “Tavxid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining instruktur va media targʻibotchisi bilan bogʻlanib, uning daʼvatlari taʼsiriga tushadi. Soʻngra, Suriya davlatiga jihod qilish uchun nima qilish kerakligi toʻgʻrisida oʻzaro audio va xabar orqali yozishmalar olib borib, XTT safiga qoʻshilishga hayrixohlik bildiradi.

Oʻz navbatida ushbu shaxs yaqin tanishlari va oʻzining sinfdoshlari orasida “jamoat” shakllantirib, ularni Suriya hududiga “hijrat” qilib, terrorchi guruhlar qatoriga qoʻshilishga daʼvat qiladi.

DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida uning noqonuniy harakatlari toʻxtatib qolinib, huquqiy baho berildi.

Natijada, jinoyat ishlari boʻyicha Furqat tuman sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning244 prim 1-moddasi 3-qismi “g” bandi, 244 prim 2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Avvalroq Toshkentda noqonuniy diniy taʼlim berish va Fargʻonada noqonuniy kitob chop etish holatlari aniqlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid