Isroil ertagi tugadi: jahon chempionati finalchilari maʼlum
Isroil sababli musobaqa boshqa qitʼaga koʻchirilgandi. Ular hatto Braziliya termasini musobaqadan chiqarib yuborgandi.

Kecha tunda yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining yarim final uchrashuvlari boʻlib oʻtdi va unda finalga yoʻl olgan jamoalar nomi maʼlum boʻldi.
Urugvay va Isroil oʻyinida kichik hisobda janubiy amerikaliklar gʻalaba qozondi. Shu tariqa Isroil ertagi yakuniga yetdi. Isroilliklar sababli musobaqa boshqa qitʼaga koʻchirilgandi. Ular hatto Braziliya termasini musobaqadan chiqarib yuborgandi.
Ikkinchi oʻyinda Italiya va Janubiy Koreya oʻzaro kuch sinashdi. Osiyoliklarga tajriba va omad yetishmay qoldi. Italyanlar 2:1 hisobidagi gʻalaba bilan finalga yoʻl oldi.
JCh-U20, yarim final
Urugvay - Isroil 1:0
Italiya - Janubiy Koreya 2:1
3-oʻrin uchun oʻyin
Isroil - Janubiy Koreya (11 iyun, soat 22:30)
Final
Urugvay - Italiya (12 iyun, soat 02:00)