Oʻzbekistonga issiq harorat ortidan nam va sovuq havo kirib keladi
Kunduzgi havo harorati asta-sekin 12-17 daraja iliqqacha pasayadi.

Gidrometeorologiya xizmati xabariga koʻra, yaqin kunlarda Oʻzbekistonda yogʻingarchilik kuzatiladi va harorat pasayadi.
Joriy yilning 23-25 mart kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi.
Respublika boʻyicha ob-havoning keskin oʻzgarishi kutilmoqda.
23-25 mart kunlari respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi, qorga aylanish ehtimoli bor.
23-24 mart kunlari shamol tezligi baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati asta-sekin 12-17 daraja iliqqacha pasayadi.
Shuningdek, 22-27 mart kunlari respublikaning 9 ta viloyati togʻ va togʻ oldi tumanlarida kutilayotgan yogʻinlar ortidan sel-suv toshqin xavfini eʼlon qildi.
Eslatib oʻtamiz, mart oyining ikkinchi yarmidan Oʻzbekiston hududida issiq harorat kuzatilmoqda. Hududlarda harorat 30 darajadan ham oshdi.