Jurnalist bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha surishtiruv boshlandi
Platina.uz sayti tegishli organlarga aloqaga chiqib, holatga oydinlik kiritishni maqsad qilgan.

Platina.uz sayti firibgarlikda gumon qilinayotgan bank xodimi ishi boʻyicha surishtiruv oʻtkazgan jurnalist keyinchalik oʻziga nisbatan ham bosimlar kuzatilmayotgani haqida avvalroq xabar bergandi.
Ayrim manbalarda bank xodimining turmush oʻrtogʻi Oliy sud sudyasi ekani haqida maʼlumotlar tarqalgan edi, Oliy sud matbuot kotibi buni rasman tasdiqladi.
Sudyalar oliy kengashi esa mazkur holatni odob komissiyasi oʻrganib chiqayotganini bildirdi.
Platina.uz ushbu holatni yanada shaffof yoritish, ochiqlik va odillikni taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida tegishli organlarga soʻrov yubordi.
Xususan, Jizzaxdagi holat boʻyicha Bosh prokuraturaga rasmiy soʻrov yuborildi. Bank xodimiga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida hozircha biror yangilik chiqqani yoʻq.
Shuningdek, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi va Ichki ishlar vazirligiga ham soʻrovlar yuborildi.
Agar ushbu holatga aniqlik kiritishga yordam beruvchi maʼlumotlaringiz boʻlsa, biz bilan bogʻlanishingiz mumkin: @platinainfobot