Livandagi BMT kuchlari shtab-kvartirasiga snaryad kelib tushdi
Italiyalik bomba boʻyicha mutaxassislar tezda hududni oʻrab olgan va nazorat ostida portlashni amalga oshirgan.

BMTning Livandagi Muvaqqat kuchlari shtab-kvartirasi artilleriyadan oʻqqa tutildi.
Bu haqda tashkilotning Telegram-kanalidagi xabarda aytilgan.
"15 noyabr tushdan keyin Shama shahridagi BMT kuchlari shtab-kvartirasiga 155 millimetrli artilleriya snaryadlari kelib tushdi. Snaryad portlamadi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, italiyalik bomba yoʻq qilish boʻyicha mutaxassislar tezda hududni oʻrab olgan va nazorat ostida portlashni amalga oshirgan. Tinchlikparvar kuchlardan hech kim jabrlanmagan.
Ayrim tahlilchilarga koʻra, katta ehtimol bilan bu Isroil kuchlari snaryadidir. Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats Livanda oʻt ochishni toʻxtatish shartlarini eʼlon qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Isroil" Hizbulloh" harakatini tugatish boʻyicha maqsadlariga erishmaguncha unga zarba berishda davom etadi.