Yer usti halqa metro yoʻlining 5 ta bekatni oʻz ichiga olgan “Qoʻyliq–Quruvchilar” qismi qurib bitkazildi

Hozirda Yer usti halqa metro yoʻlining II bosqichi – 8,5 km uzunlikdagi 5 ta bekatni oʻz ichiga olgan “Qoʻyliq–Quruvchilar” qismi qurib bitkazilgan boʻlib, loyihaning 3,8 km uzunlikdagi 2 ta bekatni oʻz ichiga oluvchi “Quruvchilar–Qipchoq” qismida qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Texnik sinovlardan soʻng mazkur yoʻnalishda yoʻlovchi tashuvlarining boshlanishi natijasida bir kunda 40 mingga yaqin yoʻlovchiga xizmat koʻrsatilishi haqida xabar qildi Transport vazirligi.