platina.uz

Energetika vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

Ikkita birinchi oʻrinbosarga ega, eng koʻp tanqidga uchraydigan tizimni oʻzi kimlar boshqaradi?

Jamiyat
3-aprel, 20:37
Energetika vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

Vazirlikni nisbatan eng yosh vazirliklardan biri deyish mumkin. Oʻz faoliyatini 2019 yil 1 fevraldan boshlagan. Vazirlik elektr va issiqlik energiyasi, koʻmir ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, neft, gazni qazib olish, ularni qayta ishlash, tashish, tarqatish, sotish va ulardan foydalanish jarayonlarini davlat tomonidan tartibga soladi.

Qiziq maʼlumot

Shu kunga qadar vazirlikda bitta vazir almashgan deyish mumkin. Avvalgi vazir Alisher Sultonov uzoq yillik siyosatchi, qolaversa, Fanlar akademiyasi ishlar boshqaruvchisi Sultanov Said-Abbas Saidaxmedovichning oʻgʻli va Ichki ishlar vazirligi jinoyat-qidiruv bosh boshqarmasi tezkor vakili Sultanov Saidafzal Alisherovichning otasidir. Sultonov vazir lavozimidan ketganidan soʻng prezidentning energetika xavfsizligi masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

Energetika vaziri Mirzamahmudov Joʻrabek Tursunpulatovich 1979 yil 13 yanvar kuni Namangan viloyatida tugʻilgan.

Mehnat faoliyati

  • 1997-1999 — Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti talabasi;
  • 1999-2001 — “Umid” fondi yoʻllanmasi boʻyicha AQShning Alabama universiteti talabasi;
  • 2002-2003 — Buxoro neftni qayta ishlash zavodi muhandisi;
  • 2003-2006 — “Oʻzlitineftgaz” OAJ neft va gazni qayta ishlash texnologik-kompleksi boʻlimida muhandis, neft va gazni qayta ishlash va transportni gazga tayyorlash boʻlimi ilmiy-texnik kompleksi muhandisi, kichik ilmiy xodim, TEO va istiqbolli loyihalash boʻlimi 1-toifali muhandisi, yetakchi muhandisi;
  • 2006-2012 — “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, investitsiyalar dasturi va resurslarni prognozlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari — “Neftegazinvest” korxonasi direktori;
  • 2012-2014 —Iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari;
  • 2014-2017 — “Oʻzkimyosanoat” davlat kompaniyasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari;
  • 2017-2018 — Vazirlar Mahkamasi apparati Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot tahlil departamenti mudiri;
  • 2018-2019 — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzatom” agentligi bosh direktori;
  • 2019-2022 — Eneretika vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzatom” agentligi bosh direktori;
  • 2022 yildan — Energetika vaziri.

Qiziq maʼlumot

Joʻrabek Mirzamahmudov 2020 yil “Oʻzatom” agentligi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan kezlarida ushbu lavozimdan olingani haqida xabarlar tarqalgan, ammo keyinroq Energetika vazirligi bunga aniqlik kiritib, xabarlar yolgʻon ekanini taʼkidlagan. Shundan keyin, Mirzamahmudov “Oʻzatom” agentligining bosh direktori va “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi lavozimlarida faoliyatini davom ettirayotgani maʼlum qilingan.

Birinchi oʻrinbosarOʻzatom agentligi bosh direktori Axmedxadjayev Azim Israilovich 1979 yil 12 iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. 2003 yilda Avstraliyaning Vollongong universiteti magistratura kursida tahsil olgan.

Qiziq maʼlumot

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlanganda hayratda qolganini aytgan, chunki u bundan oldin doimiy moliya bilan bogʻliq sohalarda ishlagan. Vazir oʻrinbosari bu haqida shunday degan: "Avvaliga hayratda qoldim, chunki bu men uchun mutlaqo yangi soha. Lekin shunga qaramay, bu yerga kelib, uch kunni yangi joyda oʻtkazganimdan soʻng, men bu sohaning haqiqatan ham qanchalik dinamik va qiziqarli, qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini angladim. Mamlakatimiz hayotining barcha jabhalari bilan, qolaversa, iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bogʻliq”.

Oʻsha paytlarda Xabar.uz saytida Raʼno Abdullayeva haqidagi material sababli saytga bosim qilgandi. Chunki u R.Abdullayevaning nevarasi ekani aytiladi. Keyinroq bu lavozimdan olingan. Jizzax viloyati hokimiga oʻrinbosar sifatida pastga tushirilgan ham edi.

Birinchi oʻrinbosar Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimov 1980 yilda Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2013 yilda Bank-moliya akademiyasini, 2021 yilda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Oʻrinbosar Azizxoʻja Ochilovich Qobilov avval togʻ-kon va geologiya vaziri oʻrinbosari, Prezident administratsiyasi masʼul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Oʻrinbosar Mamadaminov Umid Mahmudovich 1983 yil 24 yanvarda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat texnika universiteti (2006) va AQShning Oregon texnologiya institutini (2015) tamomlagan. 2015-2018 yillarda u AQShning yirik STANTES muhandislik va konsalting kompaniyasida ishlagan.

Axborot xizmati rahbari Toshxojayev Xasan Javlonovich 1982 yili Andijon viloyatining Marhamat tumanida tugʻilgan. U avvaliga “Qishloq hayoti” ijtimoiy-iqtisodiy gazetasida, “Xalq soʻzi” – “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatida, keyinchalik Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmatida, 2019-2020 yillarda Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining matbuot kotibi, shuningdek, “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi va Isteʼmolchilarni himoya qilish agentligi axborot xizmatida ishlagan. Tayinlovga qadar Xalqaro press-klubning monitoring va tahlil boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan.

Maftuna Yodgorova tayyorladi.


Kambagʻallikni qisqartirish vazirligi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi


Investitsiyalar vazirligi


Qurilish vazirligi


Oliy taʼlim vazirligi


Raqamli texnologiyalar vazirligi


Ekologiya vazirligi


Adliya vazirligi


Bosh prokuratura


Tashqi ishlar vazirligi


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+