platina.uz

Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

Nomi bir necha marta oʻzgargan, ikkita vazirlik qoʻshilib ketgan va iqtisodiyotimizning dastagi hisoblanmish bu tizim boshida kimlar turibdi?

Jamiyat
28-mart, 21:57
Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

1991 yilda Moliya vazirligi sifatida, keyinchalik uning negizida iqtisodiyot va moliya vazirligi boʻlib tashkil etilgan.

Vazirlik huzuridagi tashkilotlarga quyidagilar kiradi:

  • Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi;
  • Respublika yoʻl jamgʻarmasi;
  • Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi;
  • Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi;
  • Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi
  • Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
  • Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi
  • Fonon ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi

Bosh vazir oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Qoʻchqorov Jamshid Anvarovich 1964 yil 19 oktabrda Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida tavallud topgan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi. 1985 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti), 1996 yilda Kolorado (AQSh) universitetini tamomlagan. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyati

  • 1990-1993 yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi institutida oʻqituvchi;
  • 1996-1997 yillarda Markaziy bank raisi oʻrinbosari;
  • 1997-2005 yillarda Moliya vaziri oʻrinbosari – Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshligʻi;
  • 2015-2016 yillarda Moliya vaziri oʻrinbosari, keyin moliya vazirining birinchi oʻrinbosari;
  • 2016 yilda “Asaka” bank kengashi aʼzosi;
  • 2017-2020 yillarda Bosh vazirning iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyalarni tarkibiy oʻzgartirish, bank-moliya tizimini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, bosh vazirning makroiqtisodiy tahlil va prognozlash, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, moliya vaziri;
  • 2020 yildan Bosh vazirning moliya-iqtisodiy masalalar va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha oʻrinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri.

Qiziq maʼlumot

2017 yil dekabrda Jamshid Qoʻchqorov qoʻlostidagi butun moliya tizimi Shavkat Mirziyoyevdan parlament yigʻilishida ogohlantirish olgan. Shundan keyin soha jamoasi yangilangan.

Birinchi oʻrinbosar Norqulov Ilhom Ibroximovich 1981 yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2002 yilda Glazgo universitetini (Buyuk Britaniya) tamomlagan. Bank tizimida sakkiz yillik tajribaga ega.

Qiziq maʼlumot

Ilhom Norqulov Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining Toshkentda oʻtayotgan yillik yigʻilishi doirasida Oʻzbekistonda islom moliyasi nega toʻliq joriy etilmagani haqidagi savolga javob berib, bunga asosiy sabab islom moliyasi tizimining “murakkabligi”, aholining banklarga ishonchi va moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi bilan izohlagan edi.

Oʻrinbosar Xaydarov Axadbek Yaxyobekovich 1971 yilda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tugʻilgan. 1989-1994 yillarda Toshkent davlat universitetini, 1998 yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Shuningdek, 2001 yilda Yaponiya siyosatshunoslik institutini, 2006 yilda Uilyams kolleji (AQSh) magistraturasini tamomlagan. “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Oʻrinbosar Xaydarov Abdulaziz Abdulaxadovich Moliya vazirligining Sud-huquq tizimi, prokuraturasi va davlat organlari faoliyatini moliyaviy taʼminlash boshqarmasi boshligʻi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijrochi direktori boʻlib ishlagan.

Oʻrinbosar Fazilkarimov Otabek Rustamovich Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Tayinlovga qadar Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari sifatida ham faoliyat olib borgan.

Oʻrinbosar Xodjayev Bobur Botirovich bungacha Prezident administratsiyasining Bank, moliya, soliq sektorlarini rivojlantirish va “soyali iqtisodiyot”ni qisqartirish departamenti sektor mudiri lavozimida ishlagan.

Oʻrinbosar Karshibayev Jasur Hazratqulovich tayinlovgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat qarzi departamenti direktori lavozimida ishlagan, shuningdek, Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Monetar siyosat va kapital bozori departamentida moliya sektori eksperti sifatida faoliyat yuritgan.

Oʻrinbosar Sadullayev Samandar Asadovich Turonbank kuzatuv kengashi aʼzosi.

Oʻrinbosar Raximova Gulnora Xashimovna 1975 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Axborot xizmati rahbari yoʻq.

Maftuna Yodgorova tayyorladi.


Kambagʻallikni qisqartirish vazirligi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi


Investitsiyalar vazirligi


Qurilish vazirligi


Oliy taʼlim vazirligi


Raqamli texnologiyalar vazirligi


Ekologiya vazirligi


Adliya vazirligi


Bosh prokuratura


Tashqi ishlar vazirligi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+