Namanganda ichimlik suvi tariflari qimmatlashdi

Bir hafta avval Jizzaxda ham narxlar koʻtarilgandi. 

Jamiyat
22-fevral, 10:03
Namanganda ichimlik suvi tariflari qimmatlashdi

Namangan viloyatida ham ichimlik suvi narxlari oshirildi. Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining qirq ikkinchi sessiyasida viloyatimizda ichimlik va oqava suv xizmatlari tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqilgan. 

"Namangan suv taʼminoti" AJ tomonidan ichimlik va oqava suv tariflari qayta koʻrib chiqilib, tegishli xulosaga koʻra:

1-guruh(aholi)ga 1 m3 ichimlik suv uchun 3500 soʻm (hozirgi narx 2550 soʻm);

2- va 3-guruh(byudjet va boshqa tashkilotlar)ga 7000 soʻm (amaldagi narx 3315 soʻm);

1 m3 kanalizatsiya xizmati uchun 1-guruh(aholiga)ga 800 soʻm (avvalgi narx 700 soʻm) ;

2- va 3-guruh (byudjet va boshqa tashkilotlar)ga 975 (amaldagi narx 875 soʻm) soʻm taklif etildi.

Deputatlar bu masala yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, yangi tariflarni tasdiqladilar. Viloyatida soʻnggi bor narxlar 2021 yilda oʻzgargan. 

Bir hafta avval Jizzaxda ham ichimlik suvi narxlari oshirilgandi. 

Avval Qoraqalpogʻiston va Buxoroda 15 yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlari qimmatlashishi maʼlum boʻlgandi. 

Eslatib oʻtamiz, shu kungacha SurxondaryoToshkent, FargʻonaSirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.

Qashqadaryo viloyatida esa ichimlik va oqova suv narxlari 2 baravar qimmatlagani yetmagandek, 6 oyda 2 marta oshirilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+