Jizzaxda suv narxi oshirildi

Viloyat kengashining bu haqdagi qarori jamoatchilikdan yashirib qoʻyilgan edi.

Jamiyat
15-fevral, 18:30
Jizzaxda suv narxi oshirildi

Jizzax viloyatida ichimlik suvi narxi oshirildi. Viloyat kengashining bu haqdagi qarori jamoatchilikdan yashirib qoʻyilgan edi.

Jizzax viloyatida narxlar quyidagicha koʻrinishga keldi (bir metr kub uchun):

- ichimlik suvi (aholi uchun) 2500 soʻm edi (yangi narx 4000 soʻm) , oqova suv 1500 soʻm (yangi narx 1700 soʻm);

- byudjet tashkilotlari uchun ichimlik suvi 3500 soʻm (yangi 6000 soʻm), oqova suv 1500 soʻm ( yangi narx 2500 soʻm). 

Ulgurji isteʼmolchilar uchun ichimlik suvi 6000 soʻm, oqova suv uchun esa 2500 soʻmgacha oshmoqda. 

Hujjat 14 fevral kuni eʼlon qilingan va shu vaqtdan kuchga kirishi belgilangan. 

Avval Qoraqalpogʻiston va Buxoroda 15 yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlari qimmatlashishi maʼlum boʻlgandi. 

Eslatib oʻtamiz, shu kungacha SurxondaryoToshkent, FargʻonaSirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.

Qashqadaryo viloyatida esa ichimlik va oqova suv narxlari 2 baravar qimmatlagani yetmagandek, 6 oyda 2 marta oshirilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+