Qashqadaryo viloyat hokimligi rahbariyati
Oʻz stipendiyasi, oʻz "blogerlar" jamoasini tashkil qilgan, prezidentdan hayfsan olgan hokim va uning oʻrinbosarlari haqida nimalarni bilamiz?

Azimov Murodjon Berdialiyevich 2021 yil 18 noyabrdan buyon Qashqadaryo viloyat hokimi. U 1976 yil16 martda Kitob tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Qarshi shahar prokuraturasida ish oʻrganuvchi sifatida boshlagan. Buxoro viloyati prokurori, Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari, Davlat bojxona qoʻmitasi raisi vazifalarida ishlagan.
Hokim Murodjon Azimov 2022 yil sentabr oyidagi Prezident raisligida oʻtkazilgan turizm sohasiga bagʻishlangan videoselektrda Qashqadaryo viloyatida turizm xizmatlarining yaxshi yoʻlga qoʻyilmagani va koʻrsatkichi past boʻlgani sabab hayfsan olgan.
Hokim oʻrinbosarlari
Qodirov Alisher Abdulaxatovich – hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari 1975 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Samarqand moliya texnikumini, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Uzakov Ulugʻbek Yuldashevich – hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari 1969 yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat agrar universitetini tugatgan. 2006 yil “Shuhrat medali” bilan taqdirlangan. Mehnat faoliyati davomida Jizzax viloyati hokimi, Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Rustamov Olimxon Bakiyevich – hokim oʻrinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi 1966 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 2016-2017 yillarda “Oʻzbekneftgaz” raisining iqtisodiyot va moliya boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan.
Qobilov Anvar Eshpoʻlatovich – hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari 1979 yil Kitob tumanida tugʻilgan. Toshkent avtomobil va yoʻllar instituti bakalavr va magistratura darajalarini, Xitoyning Jongnan iqtisodiyot va huquq universiteti hamda Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Azizov Murodullo Gʻaniyevich – hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1971 yil Qamashi tumanida tugʻilgan. Toshkent moliya institutini tugatgan.
Arzikulov Ilhomjon Nizomiddinovich – hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari 1981 yil Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Samarqand davlat universitetini tugatgan. “Jasorat” medali bilan taqdirlangan. Uzoq yillar Qashqadaryo viloyatida harbiy qism xizmatchisi vazifasida boʻlib kelgan.
Aminova Ziyoda Aslonovna – hokim oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi 1978 yil Kasbi tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan.
Zakirov Alisher Isamiddinovich – hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1976 yilda tugʻilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlari, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. U hozirgi vazifasigacha Kitob tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Vazirliklar rahbariyati bilan bu yerda tanishish mumkin.