Qoraqalpogʻiston va Buxoroda suv narxi oshyapti
Qashqadaryo viloyatida ichimlik va oqova suv narxlari 2 baravar qimmatlagani yetmagandek, 6 oyda 2 marta oshirilgan.

Qoraqalpogʻiston va Buxoroda 15 yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlari boʻyicha yangi tariflar amalda qoʻllaniladi.
Demak, Qoraqalpogʻistonda narxlar quyidagicha:
ichimlik suvi:
- aholi uchun – 1 m3 2900 (hozir 1850) soʻm;
- byudjet tashkilotlari uchun – 1 m3 3695 (hozir 6383) soʻm (QQS bilan);
- ulgurji isteʼmolchilar uchun – 1 m3 3695 (hozir 6383) soʻm (QQS bilan);
Oqova suv:
- aholi uchun – 1 m3 1400 (hozir 1100) soʻm;
- byudjet tashkilotlari uchun – 1 m3 2350 (hozir 3136) soʻm (QQS bilan);
- ulgurji isteʼmolchilar uchun – 1 m3 2350 (hozir 3136) soʻm (QQS bilan).
Buxoro viloyatidagi narxlar:
ichimlik suvi (1 m3):
- aholi uchun – 3100 (hozir 2400) soʻm;
- byudjet tashkilotlari uchun – 7000 (hozir 3800) soʻm (QQSsiz);
- boshqa isteʼmolchilar uchun – 7000 (hozir 3800) soʻm (QQSsiz);
oqova suv (1 m3):
- aholi uchun – 2800 (hozir 1800) soʻm;
- byudjet tashkilotlari uchun – 4800 (hozir 2600) soʻm (QQSsiz);
- boshqa isteʼmolchilar uchun – 4800 (hozir 2600) soʻm (QQSsiz);
“Damxoʻja suv taʼminoti” MChJ ichimlik suvi taʼminoti boʻyicha (1 m3):
- aholi va suv taʼminoti korxonalari uchun – 650 (hozir 320) soʻm (suv taʼminoti korxonalari orqali);
- boshqa yuridik isteʼmolchilar uchun – 1500 (hozir 700) soʻm.
Eslatib oʻtamiz, shu kungacha Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.
Qashqadaryo viloyatida esa ichimlik va oqova suv narxlari 2 baravar qimmatlagani yetmagandek, 6 oyda 2 marta oshirilgan.