Jizzaxda suv narxi oshirildi
Viloyat kengashining bu haqdagi qarori jamoatchilikdan yashirib qoʻyilgan edi.

Jizzax viloyatida ichimlik suvi narxi oshirildi. Viloyat kengashining bu haqdagi qarori jamoatchilikdan yashirib qoʻyilgan edi.
Jizzax viloyatida narxlar quyidagicha koʻrinishga keldi (bir metr kub uchun):
- ichimlik suvi (aholi uchun) 2500 soʻm edi (yangi narx 4000 soʻm) , oqova suv 1500 soʻm (yangi narx 1700 soʻm);
- byudjet tashkilotlari uchun ichimlik suvi 3500 soʻm (yangi 6000 soʻm), oqova suv 1500 soʻm ( yangi narx 2500 soʻm).
Ulgurji isteʼmolchilar uchun ichimlik suvi 6000 soʻm, oqova suv uchun esa 2500 soʻmgacha oshmoqda.
Hujjat 14 fevral kuni eʼlon qilingan va shu vaqtdan kuchga kirishi belgilangan.
Avval Qoraqalpogʻiston va Buxoroda 15 yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlari qimmatlashishi maʼlum boʻlgandi.
Eslatib oʻtamiz, shu kungacha Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.
Qashqadaryo viloyatida esa ichimlik va oqova suv narxlari 2 baravar qimmatlagani yetmagandek, 6 oyda 2 marta oshirilgan.