Toshkent viloyatida jinoiy "toʻda"ning 34 aʼzosi qoʻlga olindi
Shuningdek, sud va tergovdan qochib yurgan 64 kishi ushlandi.

Toshkent viloyatida ham boshqa viloyatlar singari “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga aʼzo boʻlgan, ijtimoiy muhitga salbiy taʼsir oʻtkazishga uringan bir necha shaxslar qoʻlga olinmoqda. Xususan, maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida, Toshkent viloyatida 34 nafar jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olinib, ularning 11 nafariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, 23 nafari maʼmuriy tartibda qamoqqa olindi, deyiladi viloyat IIBB xabarida.
Tadbir davomida, ushbu va boshqa shaxslardan noqonuniy ravishda saqlab kelingan 13 dona pnevmatik va ov qurollari, oʻq-dori va elektroshoker, turli hajm va koʻrinishdagi pichoq, kastet va bitalar;
Giyohvandlikka qarshi kurash yoʻnalishida, 50 dan ortiq holatlar fosh etilib, 11 kg giyohvandlik moddalari va 8 ming 703 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.
Tezkor qidiruv tadbirlarida jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 64 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlanib qonun ustuvorligi taʼminlandi. 2 nafar bedarak yoʻqolgan fuqaro topilib oilasiga qaytarildi.
Hozirda maxsus-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq Toshkentda "Salimboy" nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev, “Sayidaziz medgorodok”, “Baxti Tashkentskiy” va uning Fargʻonadagi sherigi, Toshkentda yana 10 kishi va zoʻravonlikda ayblanib B.B.A. (1985 y.t.) qoʻlga olingan edi. Shuningdek, "tozalash" ishlari Samarqand, Fargʻona, Andijon va Namanganda ham boshlab yuborilgan.