platina.uz
Jamiyat

Toshkentda yana 4 kishi qoʻlga olindi

Ular Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda koʻp miqdorda tovlamachilik), 168-moddasi 4-qismi (juda koʻp miqdorda firibgarlik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida ushlandi.

Toshkentda yana 4 kishi qoʻlga olindi

Toshkent shahrida tovlamachilik va firibgarlik, giyohvand moddalar saqlash aybi bilan yana 4 kishi qamoqqa olindi.

  • 1980 y.t. N.B.T. (Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);
  • 1991 y.t. X.S.R. (Jinoyat kodeksi 165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);
  • 1964 y.t. Q.Sh.X. (Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi, juda koʻp miqdorda firibgarlik);
  • 1971 y.t. Sh.R.F. (Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda koʻp miqdorda giyohvandlik vositasini oʻtkazish).

Avvalroq Toshkentda "Salimboy" nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev, “Sayidaziz medgorodok”, “Baxti Tashkentskiy” va uning Fargʻonadagi sherigi, Toshkentda yana 10 kishi va zoʻravonlikda ayblanib B.B.A. (1985 y.t.) qoʻlga olingan edi. Shuningdek, "tozalash" ishlari Samarqand, Fargʻona, Andijon va Namanganda ham boshlab yuborilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid