Isroil Qatar poytaxtiga hujum qildi: asosiy maʼlumotlar
Zarba natijasida HAMASning Gʻazo sektori boʻyicha yetakchisi al-Hayyo va yana uch mansabdor oʻlgani aytilmoqda.

Isroilning “HAMAS rasmiylarini yoʻq qilishga” urinishi tufayli Qatarga zarbalar berdi.
Shaharda XAMASning muzokaralar olib borayotgan delegatsiyasiga hujum uyushtirildi, deya qayd etadi Al-Jazira.
Bundan tashqari, Isroil harbiy-havo kuchlari “HAMAS tashkilotining yuqori rahbariyatiga” zarba bergani haqida xabar berildi.
Zarba natijasida HAMASning Gʻazo sektoridagi yetakchisi al-Hayyo va harakat rahbariyatining uch nafar aʼzosi halok boʻldi, deb xabar bermoqda Al Arabiya manbalariga asoslanib.
Telekanalning taʼkidlashicha, Falastinning Gʻazo sektoridagi XAMAS harakati rahbari Xalil al-Hayyo va rahbariyatning yana uch aʼzosi – Xolid Mashal, Zahir Jabbarin va Nizar Audallah halok boʻlgan.
Isroil Qatarda HAMAS rahbariyatini yoʻq qilish operatsiyasini rejalashtirgan va mustaqil ravishda amalga oshirgan, deya xabar beradi Bosh vazir Binyamin Netanyaxu idorasi.
“Bu Isroil tomonidan boshlangan, amalga oshirilgan va Isroil buning uchun toʻliq javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi”, deyiladi uning bayonotida.
Taʼkidlash kerak, Isroilning Qatarga hujumi ilk bor kuzatilmoqda. Oʻtgan yili Eron poytaxtida HAMAS rahbari Ismoil Xaniya oʻldirilgandi.
