platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda kuchli issiqdan soʻng harorat pasayadi

10-11 iyul kunlari havo harorati 31-36 darajagacha tushishi kutilmoqda. 

Oʻzbekistonda kuchli issiqdan soʻng harorat pasayadi

Oʻzbekistonda ushbu haftadan havo harorati pasayadi.

Oʻtgan hafta respublika boʻyicha kuzatilgan kuchli issiqdan soʻng, 7-11 iyul kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda.

Havo harorati bugun kunduzi 36-41 darajani, 8-9 iyul kunlari 33-38 darajani, 10-11 iyulda 31-36 darajani tashkil etadi. Oʻzbekiston janubida ham harorat pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib harorat 37-40 darajani tashkil etadi.

Respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek togʻ oldi va togʻli hududlarda 9-10 iyul kunlari qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

7 iyul kuni harorat asosan 39-41 daraja, 8-9 iyulda 35-38 daraja, 10-11 iyulda 32-37 daraja boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, 2-6 iyul kunlari Oʻzbekistonda juda issiq harorat kuzatildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid