Namangan shahrining 2 mansabdori pora bilan ushlandi
Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Namanganda shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari va yurist qoʻlga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazilgan, unda Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari J.M. "O.F." MChJ umumiy ovqatlanish shoxobchasining yopib qoʻyilgan hisob-raqamini ochib berganligi evaziga “S.” MChJ yuristi Yu.O. (sobiq DSI xodimi) orqali tadbirkor M.A.dan 2 000 AQSh dollari pora talab qilib, ushbu pullarni Yu.O. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan va Yu.O.ga nisbatan 28, 210-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Taʼkidlash oʻtish kerak, prezident bugun oʻtkazgan yigʻilishda soliq sohasi jiddiy tanqid qilinib, ikki viloyatda rahbarlar ishdan olingandi.