platina.uz
Jamiyat

Samarqandda byudjetdan jami 83 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi

Mablagʻning katta qismi Bulungʻur tumani uchun sarflanishi koʻzda tutilgan. 

Samarqandda byudjetdan jami 83 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi pul ajratish boʻyicha ikkita hujjatni tasdiqladi. Unda jami 83 mlrd soʻmdan oshiq mablagʻ haqida gap boradi. Har ikkala qaror 2025 yil 11 aprel kuni eʼlon qilingan.

Dastlab viloyat byudjetining erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 13 mlrd 856 mln soʻm ajratiladi. 13060 harbiy qism hududida Maʼnaviyat va maʼrifat binosini qurishga 4 mlrd soʻm, Ishtixon tumanida sobiq muftiy Usmonxon Alimov maqbarasini qurishga 1 mlrd soʻm, DXX boshqarmasi oshxonasini taʼmirlash uchun 1,4 mlrd soʻm, Samarqand tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va obodonlashtirish xarajatlari uchun 3 mlrd soʻm beriladi.

Ikkinchi hujjat Bulungʻur tumanida rivojlanishga turtki beruvchi infratuzilma loyihalariga bagʻishlanadi. Jumladan, Bulungʻur kanali boʻyida dam olish maskani qurish uchun 1 mlrd soʻm, tuman markazidagi "Humo" sayilgohini qurish va amfiteatr uchun 2,5 mlrd soʻm, Bulungʻur, Fozil Yoʻldosh va Mustaqillik koʻchalarini 24 soat ishlaydigan koʻchaga aylantirish ishlariga 4,4 mlrd soʻm, tuman markazida renovatsiya dasturi asosida uylar qurishga 5,6 mlrd soʻm beriladi.

Tuman davlat idoralarini bir binoga jamlash orqali boʻshagan binolarda tadbirkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyishga 10 mlrd soʻmdan oshiq mablagʻ beriladi. "Bulungʻur" kanali boʻyidagi 25 gektar hududni dam olish zonasiga aylantirishga 7,8 mlrd soʻm beriladi.

Avvalroq Fargʻonada shifoxonalar uchun pul ajratilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid