platina.uz
Madaniyat

“Chimildiq” filmi Ozarbayjonni ham zabt etdi

Boku shahrida super komediyaning katta premerasi boʻlib oʻtdi.

“Chimildiq” filmi Ozarbayjonni ham zabt etdi

Ozarbayjonning goʻzal Boku shahrida “Chimildiq” filmi premerasi boʻlib oʻtdi. Unda film ijodkorlari qatnashdi.

Shuningdek, tadbirda Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov ham ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, “Chimildiq” – jahon kinoteatrlariga chiqqan ilk oʻzbek kinosi hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, “Chimildiq” bugungi yoshlar uchun kerakli film. U ajrashish – mazkur ogʻriqli ijtimoiy muammoning yechimi emasligini koʻrsatadi. Baʼzan eng qiyin vaziyatlarda ham sabr va tushunish bilan taqdir toʻsiqlarini yengib oʻtish mumkinligini oʻrgatadi.

Bu filmni nafaqat oila qurganlar, balki oilaviy hayotga tayyorlanayotganlar ham koʻrishi lozim. Eng muhimi, film bir narsani esdan chiqarmaslikni uqtiradi: muhabbat – bu taqdir emas, balki tanlov. Va uni saqlab qolish yoki yoʻqotish – har bir insonning oʻz qoʻlida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid