platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi xonadonda gaz chaqnashi sodir boʻldi

Oqibatda bir kishi kuyish tan jarohati olgan. 

Toshkentdagi xonadonda gaz chaqnashi sodir boʻldi

Toshkentdagi xonadonlardan birida gaz chaqnadi. Oqibatda bir kishi jarohat oldi.

26 fevral kuni Toshkent shahar FVBga Yashnobod tumani, “Doʻstobod” MFY, Mahtumquli koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylarning birdagi xonadon oshxonasida gaz-havo aralashmasining chaqnash sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar tushgan.

Aytilgan manzilga yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Hodisa natijasida yongʻin sodir boʻlmagan.

Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.

Voqea joyiga FVB, IIBB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi FVB xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid