Bekzod Toshpoʻlatov Zarbdor tumani hokimi etib tayinlandi
Avvalgi hokim Zafar Roʻziyev Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari boʻlgandi.

Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi xabar berdi.
Zarbdor tumanida 17 yanvar kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.
Viloyat hokimi Zarbdor tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi Toshpoʻlatov Bekzod Turgʻunovichni tanishtirdi
Viloyat hokimining Toshpoʻlatov Bekzod Turgʻunovichni Zarbdor tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
2024 yilning 28 dekabr kunida Zarbdor tumani hokimi Roʻziyev Zafar Sharopovich viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan edi.