platina.uz
Jamiyat

Jizzax viloyati hokimiga ikkita oʻrinbosar tayinlandi

Shu oy boshida kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan Zafar Azimov ishdan ketdi.

Jizzax viloyati hokimiga ikkita oʻrinbosar tayinlandi

Jizzax viloyati hokimiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Azimov Zafar Abdumajidovich viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻalikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Shuningdek, Roʻziyev Zafar Sharopovich viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar 2019 yildan buyon Zarbdor tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi. Undan avval Qashqadaryo viloyatini ham boshqargan.

Maʼlumot uchun, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻalikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida 2021 yildan bugungi kungacha Mustanov Abdivalijon Saidovich hamda viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida 2019 yildan bugungi kungacha Ashurmatov Oybek Shodmonkulovich ishlab kelayotgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid