platina.uz
Jamiyat

Yangiyoʻlda qarzdor shaxsdan 2,1 mlrd soʻm undirildi

Bankdan qarzdor fuqaro mablagʻini MIBga sezdirmasdan naqdlashtirishga uringan. 

Yangiyoʻlda qarzdor shaxsdan 2,1 mlrd soʻm undirildi

Yangiyoʻlda qarzdordan 2 milliard soʻmdan ziyod naqd pul undirildi.

MIBning Yangiyoʻl shahar boʻlimi ish yurituvida fuqarolik ishlari boʻyicha sudning ijro varaqasiga asosan qarzdor yuridik shaxsdan bank foydasiga jami 2 milliard 294 million soʻm kredit qarzdorligini undirish toʻgʻrisida ijro hujjati mavjud edi.

Biroq yuridik shaxs rahbari ushbu qarzdorlikni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlab kelgan.

Ijrochilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar davomida, qarzdor kafilning bankdagi yana bir hisob raqamiga 2 milliard 111 million soʻm pul mablagʻlari kelib tushgani maʼlum boʻldi.

Qarzdor esa, ushbu mablagʻlarni MIB xodimlari yechib olmasligi uchun naqd pul koʻrinishda olishga urinadi.

MIB xodimlari ushbu pul mablagʻlarini tezkorlik bilan naqd koʻrinishda hatlab olib, tegishli hisob raqam orqali bank qarzdorligi boʻyicha yoʻnaltirib berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid