“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi oʻzgardi
2023 yildan kompaniya boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan Timur Muhamedjanov oʻrniga Odil Temirov tayinlandi.

Muxamedjanov Timur Rasulovich “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi. U 2023 yildan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Uning oʻrniga Temirov Odil Shukurovich “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. U bungacha “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining qayta ishlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
