platina.uz
Jahon

Xalqaro jinoiy sud oʻz prokuroriga qarshi tergov oʻtkazmoqchi

Karim Xon jinsiy zoʻravonlikda gumonlanmoqda. U avval Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hisbga olish uchun order soʻragandi. 

Xalqaro jinoiy sud oʻz prokuroriga qarshi tergov oʻtkazmoqchi

Xalqaro jinoiy sudning boshqaruv organi oʻz prokurori Karim Xonga nisbatan tashqi tergov boshlaydi, deya xabar beradi Reuters manbalari.

U ilgari jinsiy zoʻravonlikda ayblangan. Karim Xon ayblovlarni rad etdi.

Prokuror tergov davomida oʻz vakolatlarini toʻxtatib qoʻyishga chaqirildi, deb yozadi Reuters XJS aʼzolari oʻrtasida tarqatilgan ichki hujjatga tayanib.

Tekshiruv Rim statutiga aʼzo davlatlar Assambleyasi yigʻilishida kelishib olingan.

Xalqaro jinoiy sud 120 ga yaqin davlat tomonidan imzolangan Rim statutiga asoslanadi. Sudning yurisdiksiyasi Rossiya, AQSh, Xitoy, Isroil va boshqa koʻplab davlatlar tomonidan tan olinmagan.

2023 yilning mart oyida XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmeni Mariya Lvova-Belovani, 2024 yil iyunida esa Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu va Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovni hibsga olishga order bergan. Karim Xon, shuningdek, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olish uchun order berilishini talab qildi.

2023 yil may oyida Rossiya Ichki ishlar vazirligi janob Xonning oʻzini qidiruvga bergan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid