Umra mavsumi 10 sentabrdan boshlanadi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tashkil etiladigan “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi qachon boshlanishi aniq boʻldi.

Umra mavsumi 10 sentabr sanasida boshlanadi. Bu haqda Haj va umra markazi xabar berdi.
2024 yil 10 sentabr kunidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tashkil etiladigan “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi boshlanadi.
Ziyoratchilar "Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi.
Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun boʻladi.
Mehmonxonalar 3-4 oʻrinli boʻlib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Mazkur shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etiladi.
Mehmonxonalarda tibbiyot punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat yuritadi, deyiladi xabarda.