Bir surat tarixi: Messi choʻmiltirayotgan chaqaloq – yangi futbol yulduzi
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarni juda keng aylanib, hammaning eʼtiborini tortgan surat haqida gaplashamiz.

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarni juda keng aylanib, hammaning eʼtiborini tortgan surat haqida gaplashamiz. Ushbu surat 2007 yil dekabr oyida Joan Monfart tomonidan olingan va buni bir necha kun avval Lamin Yamalning otasi ijtimoiy tarmoqlarga joyladi. Tasvirda hali olti oylik ham boʻlmagan Laminni Lionel Messi choʻmiltirmoqda.
"Bu “Barselona” va Diario Sport oʻrtasidagi xayriya loyihasi uchun suratga olish jarayonida sodir boʻlgan: surat 2008 yil taqvimida chop etilgan, tushgan mablagʻ esa Kataloniyadagi xayriya tashkilotlari va YuNICEFga tarqatilgan. “Barselona” vakillari bolalar bilan suratga tushgan — har oylik taqvim uchun 12 nafar futbolchi roʻyxatda bor edi. Chaqaloq Yamal esa Messiga toʻgʻri keldi", degan Monfart.
Maʼlumot uchun, 9 iyul kuni boʻlib oʻtgan Ispaniya-Fransiya uchrashuvida Lamin Yamal uzoqdan zarba yoʻllab, ajoyib gol urdi va eng yaxshi oʻyinchi sifatida eʼtirof etildi.
Batafsil yuqoridagi videoda.