Shavkat Mirziyoyev Moskvada Putin bilan uchrashdi
Uchrashuvda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqilgan.

8 may kuni Moskva shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib oʻtamiz, ayni damda Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻlib turibdi. Bugun u Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 79 yilligi paradida faxriy mehmon sifatida qatnashadi.
Prezident 8 may Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi majlisidagi nutq soʻzladi. Davlat rahbari nutqida YeOIIga aʼzo davlatlar bilan savdo toʻsiqlarini bartaraf etishga tayyorligini bildirdi.