platina.uz
Jahon

Qozogʻistonda sobiq ichki ishlar vaziri qoʻlga olindi

Maʼlumotlarga koʻra, bu 2022 yildagi "qonli yanvar" voqealari bilan bogʻliq. Oʻshanda rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 238 kishi halok boʻlgan. 

Qozogʻistonda sobiq ichki ishlar vaziri qoʻlga olindi

Qozogʻiston Bosh prokuraturasi mamlakat sobiq ichki ishlar vaziri Erlan Turgʻumbayevning hibsga olingani haqida xabar berdi. Bunga Olmaota va boshqa shaharlardagi ommaviy norozilik namoyishlari va politsiya bilan toʻqnashuvlar kamida 238 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan 2022 yil yanvaridagi voqealar yuzasidan olib borilgan tergov sabab boʻldi.

Prokuraturaning bildirishicha, Turgʻumbayev ogʻir oqibatlarga olib kelgan mansab vakolatini suiisteʼmol qilganlikda gumon qilinmoqda.

"Jinoyat ishida davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar mavjudligini hisobga olib, dastlabki tergovning boshqa maʼlumotlari oshkor etilmaydi", deb yozadi prokuratura.

2022 yil yanvar voqealaridan soʻng Turgʻumbayev Qozogʻiston Ichki ishlar vazirligi rahbari lavozimidan ozod etilgandi.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yil 2 yanvar kuni Qozogʻiston gʻarbidagi neftchilarning Janaoʻzen shahrida gaz narxi oshishiga qarshi tinch mitinglar boshlandi. Qozogʻistonliklar oʻz yerlarida ishlab chiqarilgan yoqilgʻi ikki baravar qimmatlashganidan norozi boʻlgan. Keyingi kunlarda mitinglar mamlakatning boshqa viloyatlariga ham tarqaldi. Kun tartibi ham kengayib, butun mamlakatdagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni qamrab oldi.

Namoyishlarning dastlabki kunlarida Qozogʻiston xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni tarqatish uchun koʻzdan yosh oqizuvchi gaz, shovqinli granata va rezina oʻqlardan foydalangan. Biroq 5 yanvar kuni Olmaotadagi Respublika maydoni va unga tutash prezident qarorgohida otishma boshlandi.

Umuman olganda, rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻistondagi tartibsizliklar paytida 238 kishi halok boʻlgan, biroq huquq himoyachilari qurbonlar soni koʻpligini taʼkidlamoqda. Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻistonning Olmaota va boshqa shaharlarida davlat idoralari, prezident qarorgohi, doʻkonlar va boshqa binolarga qilingan qurolli hujumlar oqibatida 92 kishi halok boʻlgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid