Toshkent shahar hokimi koʻrgazma uchun yarim milliard soʻmdan oshiq pul ajratdi
Koʻrgazma oʻtgan yili dekabr oyida boʻlib oʻtgan.

Toshkent shahar hokimi farmoyishi bilan byudjetdan 585 mln. 546 ming soʻm mablagʻ ajratildi. Ushbu pul 2023 yil dekabr oyida "Oʻzekspomarkaz" milliy koʻrgazma markazida oʻtkazilgan Respublika tarmoqlararo yarmarkasi uchun taqdim etilgan.
Farmoyish 3 fevral kuni eʼlon qilingan.
Jumladan, "Oʻzekspomarkaz" 1-paviloni ochilishi, yopilishi va taqdirlash marosimi uchun moʻljallangan sahna xarajatlari uchun 391 mln. 632 ming soʻm berilgan.
Uchinchi pavilon B2B farm maydoniga 26 mln. 360 ming, "Oʻzekspomarkaz" milliy koʻrgazma kompaniyasi 1-2 atriumlarida tashkil etilgan B2B maydonlari xarajatlari uchun 104 mln. 817 ming soʻm ajratilgan.
Bir hafta avval Xalq deputatlari Toshkent shaxar kengashi qarori bilan mahalliy byudjetdan bir milliard soʻmdan oshiq pul ajratilgandi.