Sharof Rajabbayev innovatsion rivojlantirish agentligi direktori boʻldi
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.

Sharof Rajabbayev innovatsion rivojlantirish agentligi direktori boʻldi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.
Sharof Rajabbayev avval Vazirlar Mahkamasi IT-texnologiyalar departamenti mudirining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. U shuningdek, Innovatsion rivojlanish vaziri birinchi oʻrinbosari lavozimida ham faoliyati olib borgan.
Innovatsion rivojlantirish agentligining avvalgi direktori Olimjon Toʻychiyev Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra Turin politexnika universiteti rektori etib tayinlangandi. Tayinlov 2024 yil 9 yanvar sanasida amalga oshirilgan.
Oʻshandan buyon agentlik rahbari lavozimi boʻsh qolayotgandi.