platina.uz
Jamiyat

Qurolni ixtiyoriy topshirganlar 5 yildan beri ragʻbatlantirilmayapti

Ichki ishlar vazirligi bu qonunga amal qilmayotganini haligacha komissiya tuzilmagani bilan izohladi.

Qurolni ixtiyoriy topshirganlar 5 yildan beri ragʻbatlantirilmayapti

Oʻzbekistonda besh yildan buyon qurolni ixtiyoriy topshirganlar mukofotlanmayapti. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida deputat Jahongir Abdurasulov IIV rasmiylariga oʻqotar qurollarni ixtiyoriy topshirganlarni ragʻbatlantirish masalasi bilan yuzlandi.

Deputat 2017 yildagi "Qurol toʻgʻrisida"gi qonunni esga oldi. Unda oʻz ixtiyori bilan qurolni topshirganlar mukofotlanishi mumkin degan tegishli band kiritilgan.

IIV rasmiylari buni ragʻbatlantirish jarayonining murakkab ekani va buning uning maxsus komissiya zarurligi bilan izohladi.

Deputat Jahongir Abdurasulovning taklifiga koʻra, IIV aholi topshirgan qurollarni sotish imkonini yaratuvchi maxsus doʻkonlarni ochishi va ularning sotilishini qonuniy yoʻlga qoʻyishi kerak. "Ayrim fuqarolarga qimmatbaho qurol meros qolgan boʻlishi mumkin va u ushbu ashyodan foyda olishni koʻzlaydi. Agar jarayon toʻgʻri tashkil etilsa, odamlar uyidagi qurollarni ixtiyoriy topshiradi" dedi deputat.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid