Sobiq vazir Amrillo Inoyatov yangi lavozimni egalladi
U bir necha kun avval ishdan olingandi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Inoyatov Amrillo Shodiyevich Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlandi.
Amrillo Inoyatov shu yilning 4 yanvar kuni Sogʻliqni saqlash vaziri mansabidan olingandi.
Sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajarish esa Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi oʻrinbosari Asilbek Xudayarov zimmasiga yuklatilgan.
Eslatib oʻtamiz, Platina.uz talqiniga koʻra, Amrillo Inoyatov 2023 yilda eng yomon ishlagan vazir deb topilgandi.